Jahon | 12:50 / 06.01.2016
8204
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy KXDRning vodorod bombasini sinovdan o‘tkazishini keskin tanqid qildi

Rasmiy Pekin Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani haqidagi axborotga munosabat bildirdi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shu bo‘yicha chiqish qilgan.

Xitoy diplomatiyasi vakili Xua Chunminning ma'lum qilishicha, rasmiy Pxenyan o‘z tajribasi rejasi haqida Pekinni ogohlantirmagan.

Rasmiy Pekin Koreya yarimorolidagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha xalqaror hamjamiyat bilan hamkorlikni boshlash niyati haqida ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, KXDR vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani 6 yanvar kuni ma'lum bo‘ldi. Shimoliy Koreya shunday qurolga ega ekanligi haqida mamlakat yetakchisi Kim Chen In 2015 yil dekabr oyida e'lon qilgandi.