Sport | 18:29 / 07.01.2016
5464
2 daqiqa o‘qiladi

13-17 yanvar kunlari Uzreport TV kanali APLning navbatdagi tur o‘yinlarini translyatsiya qiladi

Uzreport TV telekanalida Angliya Premer-ligasi o‘yinlari translyatsiyasi davom etadi.

12 yanvardan 13 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da futbol muxlislari telekanal orqali "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

13 yanvardan 14 yanvarga o‘tar kechasi soat 01:00da esa "Liverpul" klubi "Enfild" stadionida "Arsenal" bilan to‘qnash keladi va bu o‘yin ham kanalda translyatsiya qilinadi.

16 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da esa APLning 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Chelsi" klubi "Everton"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Shu kuni soat 22:30da esa "Aston Villa" jamoasi "Lester" bilan kuch sinashadi.

17 yanvar yakshanba kuni esa soat 19:05da "Liverpul" klubi "Manchester Yunayted" bilan bahslashadi. Shu kuni soat 21:15da esa "Stok Siti" - "Arsenal" o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Uzreport TV telekanali yuqoridagi barcha o‘yinlarni jonli efirda namoyish etadi.