Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti Asadning 2017 yilda ketishi bo‘yicha hujjat tayyorlanganini tasdiqladi
AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bilan bog‘liq hujjatda Bashar Asadning 2017 yilda o‘z lavozimini tark etishi ko‘rsatilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
U bu haqida maxsus o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilgan.
"Bu ish jarayonida tuzilgan dastlabki hujjat va oldga siljishni ko‘zda tutadi. Vaqt o‘tib, bu loyiha rivojlantirib boriladi", deydi Kirbi.
U shuningdek, bu hujjatda 2017 yilning avgustida Suriyada saylovlar o‘tkazilishini nazarda tutishi haqida aytgan.
"Lekin voqealar aynan hujjatdagidek kechishiga kafolat bera olmaymiz", deya qo‘shimcha qilgan Kirbi.
AQSh Asad 2017 yil martida prezidentlikdan ketishini belgilab berdi