Jahon | 17:51 / 07.01.2016
7004
1 daqiqa o‘qiladi

Ar-Riyod Eronning Yamandagi elchixonasiga berilgan zarbalarni izohladi

Yamandagi husiychi isyonchilarga qarshi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya vakili Eronning Yamandagi elchixonasi koalitsiya samolyotlari tomonidan o‘qqa tutilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Uning aytishicha, Sano shahrini egallab olgan isyonchilar shahardagi elchixonalar binolaridan harbiy maqsadlarda foydalanmoqda. Bugungi aviazarbalar Yaman poytaxtidagi husiychilarning raketa qurilmalarini yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilgani aytlgan.

Bundan oldinroq, Eronning davlat axborot kanallari Saudiya Arabistoni aviatsiyasi Eronning Yamandagi elchixonasiga aviazarbalar bergani haqida axborot tarqatgandi.

Yamanda davom etayotgan fuqarolik urushida Eron isyonchi xusiylarni qo‘llab-quvvatlamoqda, Saudiya boshchiligidagi harbiy koalitsiya esa hukumat qo‘shinlariga isyonchilarga qarshi kurashda yordam bermoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish