Jahon | 21:18 / 07.01.2016
4813
2 daqiqa o‘qiladi

Bild: Kyolnda Yangi yil kechasi odamlarga hujum qilgan muhojirlar ularni Germaniyaga Merkel taklif qilganini aytishgan

Germaniyaning Kyoln shahrida Yangi yil kechasi ayollarga ommaviy ravishda hujum qilishda ishtirok etgan muhojirlar namoyishkorona tarzda pasportlarini yirtib, politsiya ularni hibsga olishga haqi yo‘qligi, chunki ular Germaniyaga Angela Merkel taklifi bilan kelishganini aytgan, deb ma'lum qilinmoqda Bild nemis gazetasi tomonidan chop etilgan hisobotda.

Nashrning ta'kidlashicha, Kyoln sobori va shahar vokzali binosida nima sodir bo‘lgani batafsil so‘zlab berilgan hisobot politsiyaning mutlaq kuchsizligini ko‘rsatdi.

Hisobotda aytilishicha, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar ta'siri ostida bo‘lgan qoidabuzarlar, asosan muxojirlar, Kyoln sobori oldidagi maydonda yig‘ilib, olomonga qarata petardalar uchirgan, shisha idishlar otgan, odamlarning sumka va hamyonlarini tortib olgan, ayollarga tajovuz qilgan.

Politsiyachilar vaziyatning qaltisligini inobatga olib, maydondan odamlarni evakuatsiya qilishga qaror qilishgan, chunki o‘sha lahzada hukm surgan “betartiblik” jarohatlar va o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan. Qoidabuzarlar keyinroq guruhlarga bo‘linib, shaharning turli qismlarida jinoyatlarni amalga oshirishda davom etgan.

Hisobotda ta'kidlanishicha, muhojirlar o‘zlarining jazolanmasliklarini his qilib, huquq-tartibot muassasalariga o‘ta hurmatsizlik qilishgan. Ular politsiya ko‘z o‘ngida o‘z pasportlarini yirtib, “ertaga yana yangisini bemalol olishlari mumkinligini” aytishgan.

“Men Suriyadanman, siz men bilan do‘stona munosabatda bo‘lishingiz kerak! Meni bu yerga Merkel taklif qildi”, deb aytgan qo‘lga olinganlardan biri.

Kyoln politsiyasi 5 yanvarda Yangi yil kechasi “afrikalik va arab qiyofasidagi” erkaklar tomonidan jinsiy tajovuzga uchragan 90 ga yaqin ayoldan shikoyat olgan.