Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning yadroviy sinoviga javob rezolyutsiyasi ustida ishlashni boshlamoqda
BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilgan yadroviy sinovga javob choralari ko‘rish rezolyutsiyasi ustida ishlashni boshlamoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bu haqda Xavfsizlik kengashida raislik qiluvchi urugvaylik diplomat Elbio Rosselli ma'lum qildi.
Rosselli o‘tkazilgan sinovni qoraladi va uni Xavfsizlik kengashining Pxenyanga yadroviy qurol va ballistik raketalarni yaratish bilan bog‘liq istalgan faoliyatni olib borishni taqiqlovchi rezolyutsiyalarining jiddiy buzilishi deb aytdi.
Rezolyutsiya Shimoliy Koreyaga nisbatan mavjud sanksiyalarning kengaytirilishini nazarda tutadi.
Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati mamlakatda vodorod bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qilgandi. Ko‘plab davlatlar rahbariyatlari bu holat yuzasidan norozilik bildirgan.