Jahon | 12:32 / 07.01.2016
2352
1 daqiqa o‘qiladi

Devid Kemeron 2016 yilda Xitoyga tashrif uyushtiradi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 2016 yilda Xitoyga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi (SSTV) Pekinda bo‘lib turgan britaniyalik tashqi ishlar vaziri Filip Hammondga asoslangan holda xabar qilgan.

"Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Hammondning ma'lum qilishicha, qirollik bosh vaziri Devid Kemeron shu yiligi Xitoyga rasmiy tashrif amalga oshiradi", deyiladi telekanalning tvitteri orqali.

Dunyoda ikkinchi kuchli iqtisodga ega davlat rahbari Si Tszinpin 2015 yilning oktabr oyi oxirida Buyuk Britaniyaga kelgandi. To‘rt kun davom etgan tashrif davomida Kemeron Xitoy rahbariga hamrohlik qilgandi.

Bu tashrif vaqtida bir necha milliardlik shartnomalar imzolangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish