Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyaning AirBaltic aviakompaniyasi ikkinchi yil jahonda eng punktual aviakompaniya deb topildi
Latviyaning AirBaltic milliy aviakompaniyasi yil yakunlariga ko‘ra ketma-ket ikkinchi yil jahondagi eng punktual aviakompaniya deb topildi. Bundan aviatsiyaga tegishli ma'lumotlar sohasida jahon yetakchisi hisoblanadigan OAG kompaniyasining ma'lumotlari guvohlik bermoqda. Kompaniya 50 mln dan ko‘proq parvozni tahlil qilib, jahonning eng yaxshi aviakompaniyalari ro‘yxatini tuzdi.
Aviakompaniya matbuot xizmatining 7 yanvarda ma'lum qilishicha, OAG ma'lumotlariga ko‘ra, AirBaltic 2015 yilda Boltiqbo‘yi davlatlarini Yevropa, Yaqin Sharq, Rossiya va MDHdagi manzillar bilan bog‘lovchi reyslarda 94,4 foizlik punktuallik, ya'ni manzilga o‘z vaqtida yetib borish ko‘rsatkichiga erishgan. Bu, aviakompaniya 10 ta reysdan 9 tasidan ko‘pida manzilga o‘z vaqtida yetib kelishini anglatadi.
“Bizning mijozlar barqaror tartibli xizmatga ishonsalar bo‘ladi. Bu yildagi reytingning yetakchi o‘ntaligida o‘tgan yildagiga nisbatan kamroq sonda yevropalik aviatashuvchilar bor bo‘lgani uchun biz AirBaltic jamoasi ikkinchi yil bunday natijaga erishayotganidan faxrlanamiz”, deb aytdi aviakompaniyaning ijrochi direktori Martin Gauss.
“Aviakompaniyalar va aeroportlarning punktuallik ko‘rsatkichi aviatsiya sohasida muhim rol o‘ynaydi va kelgusida bu sohada ijobiy o‘zgarishlar yaratishi mumkin. AirBaltic’ning butun jamoasiga ulkan tabriklarimizni bildirib qolamiz: reytingda bir marta yutish – bu a'lo natijadir, biroq bizning sohada bunday g‘alabaga ketma-ket ikkinchi yil erishish – bu qoyilmaqom natijadir hamda kompaniya rahbariyati va barcha xodimlarining o‘z ishining ustalari ekanligining tasdig‘idir”, deb aytdi o‘z navbatida OAG ijrochi vitse-prezidenti Djon Grant.
AirBaltic aviakompaniyasiga 1995 yilda asos solingan. Kompaniyaning asosiy aksiyadori Latviya davlati hisoblanadi, u kompaniyaning 99,8 foiz ulushiga ega. Aviakompaniya parkida hozirgi kunda 12 ta Boeing 737 va 12 ta Q400 NextGen markasidagi Bombardier samolyoti bor. Aviakompaniya Rigadan 60 dan ko‘proq manzilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiradi.