Jahon | 15:04 / 07.01.2016
3782
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyadagi harbiy bazada portlash sodir bo‘lishi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

7 yanvar kuni Liviyaning shimoli-sharqidagi Zliten shahridagi o‘quv-mashg‘ulot lagerida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda guvohlarga asoslangan holda "Al-Arabiya" telekanalida xabar berilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash qurbonlari soni kamida 46 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanganlar soni esa 100 nafarda oshgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni tongida harbiy mashg‘ulot o‘tkazilayotgan lager hududiga portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil kirib kelgan va portlab ketgan.

Telekanalda aytilishicha, portlashdan keyin lager hududida osmonga baland tutunli ustun hosil bo‘lgan.

Ayni vaqtda qurbonlarning aniq soni haqida ma'lumot yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish