Jahon | 17:28 / 07.01.2016
4643
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyadagi harbiy lagerda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 65 nafarni tashkil etmoqda

Liviyaning Zliten shahridagi harbiy lagerda sodir etilgan portlash qurbonlari soni 65 kishiga yetgan. Bu haqda mahalliy shifoxona vakiliga asoslangan holda Reyter agentligi xabar bergan.

Dastlabki ma'lumotlarda qurbonlar soni 46 nafarligi va yana yuzdan ortiq kishi jarohatlangani aytilgandi.

Halok bo‘lganlar orasida harbiylar ham, tinch aholi vakillari ham bor.

Ayni vaqtda bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Teraktdan maqsad qirg‘oq himoyasi shtabi bo‘lgani aytilmoqda. Shaharda maktablar yopilgan, safarbarlik e'lon qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish