Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:03 / 07.01.2016
4591
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Zidan yozda 13 mln yevrolik maosh va'da qilgan klub taklifini rad etgan va Madridda qolishni tanlagan
Madridning “Real” klubining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Saudiya Arabistonida ishlash imkoniyatidan voz kechgan.
Marca nashrida yozilishicha, 2015 yilning yozida Zidan bu mamlakatdagi klublardan birining taklifini rad etgan. Klub o‘shanda Zidanga 13 mln yevro maosh taklif qilgani aytilgan.
Biroq Zidan bu taklifni inobatga olmagan va “Real”ning taklifini kutgan holda Madridda qolgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish