Jahon | 09:20 / 07.01.2016
5034
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Iroqdan turk harbiylarining olib chiqib ketilishi zarurligini yana bir bor aytib o‘tdi

AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya Bag‘dodning ruxsatisiz Iroq shimoliga yuborgan harbiy kuchlarini Iroq hududidan olib chiqib ketishi zarur, deb hisoblamoqda.

Bu haqda Obama Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyga telefon suhbati davomida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Bundan tashqari, siyosatchilar IShID terrorchilariga qarshi kurashni ham muhokama qilishdi.

2015 yil dekabr oyining o‘rtasida Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Iroqdan harbiylarni olib chiqib ketishga chaqirgandi.