Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olimpiya termasi o‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniyadan ustun keldi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Samvel Babayan shogirdlarining bu galgi raqibi Iordaniya olimpiyachilari bo‘ldi.
Dubaydagi The Sevens stadionida o‘tkazilgan uchrashuvning dastlabki bo‘limida hisob ochilmadi. O‘yining 64-daqiqasida burchakdan yetkazib berilgan to‘pni Igor Sergeyev boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Mahmud Al Mrdi hisobni tenglashtirdi.
O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida Igor Sergeyev yana bir marta o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. U Akrom Komilov boshlagan hujumni gol bilan yakunladi.
Shu tariqa, o‘rtoqlik o‘yini 2:1 hisobida o‘zbekistonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo chempionatidagi o‘zining ilk bahsini 13 yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston U23 - Iordaniya U23 - 2:1
Gollar: Igor Sergeyev (64, 78) — Mahmud Al Mrdi (68)
O‘zbekiston U23: Abdumavlon Abdujalilov, Akromjon Komilov, 4.Jamshid Boltaboyev, Dostonbek Tursunov, Vladimir Kozak, Javohir Sohibov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeyev, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov.