Jamiyat | 18:52 / 07.01.2016
4595
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shrabotlik xususiy tadbirkor pullarni naqdlashtirib berish bahonasida mijozning 19 mln pulini o‘mardi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi “Shamolli Fayz” firmasi rahbari Faxriddin Suyarov o‘z mijozlaridan birini aldab, uning pullarini o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, tumandagi Zarmitan qo‘rg‘onida, konga yaqin hududda yashagan aholi hokim qarori bilan Solpi qishlog‘iga ko‘chirilgan. Fuqaro Ravshan Charqulovga yer ajratilib, plastik kartasiga qurilish mollari olish uchun 44 mln so‘m tushirib berilgan.

Yangi mahallani elektrlashtirish uchun kelgan Faxriddin Suyarov Charqulov bilan tanishib qolgan. Charqulov undan plastik kartasidagi pullarni naqdlashtirib berishni so‘ragan. Suyarov 19 mln so‘m yechib olib, mijoziga 5 mln so‘m bergan, qolgan pullarni keyinroq berishini aytib, shu bilan g‘oyib bo‘lgan.

Ancha payt qallobni qidirib yurib, pullarini qaytarib ololmagan Charqulov tegishli idoralarga murojaat qilgan. Natijada Suyarov qo‘lga olinib, javobgarlikka tortilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish