Jahon | 09:29 / 07.01.2016
9556
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Janubiy Koreya AQShga o‘z himoyasi uchun ko‘proq pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi

AQSh Vashingtonga o‘z himoyasi uchun to‘lovlarni oshirishi kerak bo‘lgan Koreya Respublikasidan qo‘shinlarini olib chiqib ketmoqchi emas. Ushbu fikrni Respublikachilar partiyasidan Qo‘shma Shtatlar prezidendligiga nomzod Donald Tramp CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Trampga intervyu chog‘ida KXDR chorshanba kuni vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazgani to‘g‘risida e'lon qilganidan so‘ng minglab amerikalik harbiylarni Koreya Respublikasidan olib chiqib ketish g‘oyasiga qanday qarashi to‘g‘risida savol berildi.

“Men Janubiy Koreya bizga ko‘proq pul to‘lashini istar edim”, - deya javob berdi milliarder. “Janubiy Koreya – pul ishlab chiqaradigan uskuna. Ular bizga kulguli miqdorda to‘lashmoqda, - davom etdi u. – U yerda mening ko‘plab do‘stlarim bor. Biroq ular bizga to‘lashiga to‘g‘ri keladi va o‘z himoyasi uchun ko‘p to‘laydi ham”.

Tramp o‘z tashviqot kampaniyasi davrida ko‘p bor Seulni “Amerika harbiy mashinasida bepul sayr qilgan”ini ko‘p marotaba ta'kidlab o‘tdi. Ayni paytda Koreya Respublikasiga 28,5 ming nafar AQSh harbiy xizmatchilari joylashtirilgan. 2014 yilda ikki mamlakat ularning joylashuvini birgalikda moliyalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni yangilagan edi.

Koreya Respublikasi 2014 yilda mamlakatda Amerika qo‘shinlarini saqlab turish maqsadida 890 million dollar sarfladi. Janubiy Koreya siyosatchilarining fikricha, Trampning bu kabi bayonotlari uning gaosiyosat va harbiy ishlarda to‘liq layoqatsiz ekanini anglatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish