Jamiyat | 10:30 / 07.01.2016
4650
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp va aktyor Semuel Jyekson golf o‘yinida bir-birlarini firibgarlikda ayblashdi

Milliarder Donald Tramp va gollivudlik aktyor Semyuel Jyekson golf o‘ynashda bir-birlarini firibgarlikda ayblashdi, deb yozmoqda Washington Post nashri.

Jyekson Rhapsody jurnaliga bergan intervyusida Tramp bilan golf o‘ynagani va o‘zini Trampdan ko‘ra yaxshiroq golfchi deb hisoblashini aytgan. Jyeksonning aytishicha, u o‘yin paytida “firib ishlatmaydi”. Aktyorning aytishicha, bu ayblov Trampning unga nisbatan bildirgan birinchi ayblovi emas.

Tramp o‘z tvitterida Jyekson bilan golf o‘ynamagani va u bilan shaxsan tanishmasligini aytgan. Siyosatchi bu aktyorning muxlisi emasligi va uni juda ko‘p reklamada suratga tushadi, deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan.

“Men golfda firibgarlik qilmayman, biroq Semyuel Jyekson o‘zining bu uslubdagi o‘yini bilan firibgarlik qiladi”, deb aytdi Tramp.

Tramp Jyeksonning golfchilarga xos bo‘lmagan zarba berishini yoqtirmasligini, o‘zi esa bu sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab xayriya chempionatlarida g‘olib bo‘lganini aytib o‘tdi.