Jahon | 12:22 / 07.01.2016
8033
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Markaziy Osiyoga Kaspiy orqali tovar yetkazib berishni yo‘lga qo‘yadi

Ukraina tovarlarni Rossiya emas, Kaspiy dengizi orqali yetkazib berishni sinov tartibida yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali efirida Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining o‘rinbosari Nataliya Mikolskaya ma'lumot berdi.

“Infrastruktura vazirligi va boshqa organlar tomonidan Kaspiy orqali muqobil yo‘l ishlab chiqildi, biz boshlang‘ich loyihani ishga tushiramiz, - ma'lum qildi u.

Asosiy muammo shundaki, Kaspiy orqali yuk yetkazish RF hududi orqali o‘tadigan yo‘nalishdan ikki barobar qimmatga tushardi. Ammo hozir bu tranzitda qatnashadigan davlatlar bilan murosa topildi, va biz yangi yildan bu yo‘nalishdagi tariflar sezilarli darajada tushirilishidan umid qilamiz”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish