Jahon | 09:53 / 07.01.2016
4274
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy fond birjasida indekslar yarim soat ichida 7 foizga tushib ketishi bilan sotuvlar to‘xtatib qo‘yildi

Xitoyning Shenchjen va Shanxay fond birjalarida asosiy indekslar yarim soat ichida 7 foizga tushib ketishi munosabati bilan sotuvlar kun oxirigacha to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

To‘rt kun muqaddam joriy etilgan indekslar 7 foizdan ortiq tushishi bilan sotuvlarning avtomatik tarzda to‘xtatilishi tizimi to‘rtinchi marta ishladi, deb eslatadi Sinxua agentligi.

CSI300 indeksi 7.2 foizga 3284.74 punktgacha, Shanghai Composite indeksi 7.3 foizga 3115.89 punktgacha tushib ketdi.Bunday tushish XXR Markaziy bankining yuan kursini 2011 yil aprelidan buyon kuzatilgan eng past darajaga tushirish qarori bilan bog‘lanmoqda.