Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrika futbolining 2015 yildagi eng yaxshilari nomi e'lon qilindi
Afrika futbol konfederatsiyasi 2015 yilning eng yaxshi futbolchilari nomini ma'lum qildi. Unga ko‘ra Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang 143 ochko jamg‘argan holda qit'aning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan.
Ikkinchi o‘rinda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture (136 ochko) nomi qayd etilgan. Uchinchi o‘rindan "Suonsi" hujumchisi Andre Ayyu (112) o‘rin oldi.
Eng yaxshi yosh futbolchi deb Nigeriya o‘smirlar terma jamoasi hujumchisi sifatida Viktor Osimxen tan olingan. Tanzaniya chempionatida to‘p surayotgan Mbvana Samatta Afrikada o‘ynayotgan eng yaxshi futbolchi bo‘lgan.
Afrikaning eng yaxshi murabbiyi sifatida Kot-D'Ivuar terma jamoasi sobiq ustozi Erve Renar nomi ma'lum qilingan.