Jahon | 00:11 / 08.01.2016
4694
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik ayol 2,6 mln dollarlik Stradivari skripkasini poyezdda unutib qoldirdi

Germaniya bo‘ylab sayohat qilayotgan amerikalik ayol 2,6 mln dollarlik Stradivari skripkasini poyezdda unutib qoldirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Ushbu voqea Mangeym–Saarbryukken yo‘nalishidagi poyezdda yuz berdi. Mo‘ljallangan stansiyaga kelgach, skripkachi ayol kupeni skripkasiz tark etgan va bir oz vaqt o‘tgandan keyin skripkasini vagonda unutib qoldirganini payqagan. Ayol shu zahotiyoq politsiyachilarga murojaat qilgan. Poyezd Mangeymga qaytishiga bir daqiqa qolganda politsiyachilar skripkani topishga muvaffaq bo‘lishgan.

Skripka bust-butun ko‘rinishda o‘z egasiga qaytarilgan. Politsiyachilarning aytishicha, ayol ularga haddan tashqari minnatdorchiligini bildirgan.

Unutib qoldirilgan skripka 1727 yilda yasalgan va General Dupont Grumiaux deb nomlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish