Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti Iroqqa 800 mln dollarlik “havo-yer” sinfidagi raketalarni sotishga ruxsat berdi
AQSh Davlat departamenti Iroqqa “havo-yer” sinfidagi, o‘zi nishonga oluvchi AGM-114 Hellfire jangovor raketalar, CATM (Captive Air Training Missiles) o‘quv raketalari va ularga zarur bo‘lgan qurilmani sotishga ruxsat berdi.
Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining mudofaa hamkorligi va xavfsizligi agentligi (DSCA) ma'lum qildi.
Agentlik saytida joylashtirilgan xabarda avvalroq Iroq hukumati 5 mingta “Xellfayer” va 10 ta SATM raketasini sotib olmoqchi bo‘lgani aytib o‘tilgan. Ushbu qurol-aslaha partiyasining umumiy qiymati 800 mln dollarni tashkil qiladi.
“Taklif qilingan bitim AQShning tashki siyosati va milliy xavfsizligi sohasidagi vazifalariga mos keladi, chunki Iroq xavfsizlik kuchlarining IShIDga qarshi kurashish imkoniyatini mustahkamlaydi”, deyilmoqda xabarda.
Ta'kidlanishicha, bu raketalar Iroq qurolli kuchlari tomonidan yer usti operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladi. Bundan tashqari, iroqlik harbiylarda bunday qurol bor va ular undan foydalanish tajribasiga ega. Qurol-aslahani Lockheed Martin Corp. kompaniyasi yetkazib beradi.