Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CES-2016: g‘aroyib Hackaball sharchasi bolalarga dasturlashni o‘rgatadi
Las-Vegasdagi CES-2016 xalqaro elektronika ko‘rgazmasida namoyishga qo‘yilgan Hackaball “aqlli” koptokchasi bolalarni dasturlashga qiziqtirish uchun barcha yumushlarni bajara oladi. Uni sochib tashlash va qayta yig‘ish, itqitish mumkin. Shuningdek, koptokcha o‘zidan turli ranglarni chiqaradi va u bilan har xil fokuslarni amalga oshirsa bo‘ladi.
Hackaball ichiga turli rangdagi LED-chiroqlar va harakat sensori joylashtirilgan. Ular dasturlashtirilgan bo‘lib, uloqtirilganida yoki noqulay holda tutib turilganida ranglarni o‘zgartiradi. Bolalarga dasturlashni o‘rgatishga mo‘ljallangan texnologik o‘yinchoq 85 dollar turadi.
Hackaball`ni iOS uchun ishlab chiqilgan ilova yordamida dasturlash va dizaynini o‘zgartirish ham mumkin.