Texnologiya | 19:53 / 08.01.2016
2971
2 daqiqa o‘qiladi

CES-2016: ichidagi suvga moddalar qo‘shadigan Bluetooth-idish ekran bilan ham ta'minlangan

Las-Vegasdagi CES-2016 xalqaro elektronika ko‘rgazmasida taqdim etilgan LifeFuels idishi displey bilan ta'minlangan bo‘lib, suvga turli ozuqa moddalari va har xil ta'mlarni qo‘sha oladi. Bu haqda Kun.uz sayti DELFI.lv`ga asoslanib xabar bermoqda.

Bundan tashqari, u Bluetooth bilan ham ta'minlangan bo‘lib, smartfon yoki planshetga uning foydalanuvchisiga suvga nima aralashtirilgani, kun davomida qancha suv ichilgani va boshqa xabarlarni yubora oladi. U o‘z yonidagi FitBit, MyFitnessPal va Apple Health fitnes va velness-ilovalar bilan ham “muloqot”ga kirisha oladi. Qizig‘i, idish barcha ishlarni mustaqil ravishda amalga oshiradi, uning egasi faqatgina ruxsat bersa kifoya.

Kompaniya rasmiy sayti orqali 200 dollarga baholangan mazkur mahsulotga buyurtma berishi mumkin. Maqsadli auditoriya sifatida atletlar va “sportning jiddiy ishqibozlari” tilga olinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish