Sport | 21:50 / 08.01.2016
3921
2 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" o‘tgan mavsumda APLda futbolchilar uchun eng ko‘p maosh sarflagan jamoa bo‘ldi

Londonning "Chelsi" jamoasi 2014-2015 yillar mavsumining moliyaviy hisobotini chop etdi.

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich egalik qiladigan bu jamoa narxi 353 mln funtdan 349,7 million funtgacha tushgan.

Associated Press nashrida ma'lum qilinishicha, jamoa o‘tgan yilda Lukaku, Shyurrle, Bertran va Torgan Azarni sotish orqali 42 million funt daromad qilgan.

"Chelsi" o‘tgan mavsumda futbolchilar uchun 215,6 mln funt maosh to‘lagan (1 yil oldingi ko‘rsatkich 190,5 mln funt edi). Bu borada jamoa Angliya premer ligasidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Keyingi o‘rinlarda "Manchester Yunayted" (203 mln funt), "Manchester Siti" (193,5 mln funt) va "Arsenal" (192 mln funt) joylashgan.

2015 yilning yozida "Chelsi" yangi futbolchilar sotib olish uchun 69 mln funt sarfladi. Futbolchilarni sotish orqali esa 21,3 mln funt foyda ko‘rgan. Bundan tashqari, jamoa g‘aznasiga 5,7 mln funt miqdorida oldinroq amalga oshirilgan transferlarning qolgan mablag‘lari kelib tushgan.