Jahon | 12:16 / 08.01.2016
6456
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDR chegarasida jangovar tayyorgarlikni eng yuqori darajaga ko‘tardi

Janubiy Koreya KXDRga qaratilgan tashviqot karnaylari o‘rnatilgan hududlarda harbiy xizmatchilar tayyorgarligini eng yuqori darajaga ko‘tardi.

Ryonhap agentligi xabariga ko‘ra, jangovar shaylik darajasi bugun, 7 yanvar kuni 12.00da 11ta ovoz kuchaytiruvchi karnaylar orqali tashviqot eshittirishlarini boshlaganidan so‘ng oshirildi. Bunga shimolliklarning yadro sinovini o‘tkazgani sabab bo‘ldi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya shu maqsadda chegara hududiga tankka qarshi raketalar va o‘ziyurar K-9 gaubitsalarini ham joylashtirgan.