Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karakas hokimi barcha ustunlarga Ugo Chaves rasmini ilib chiqishga ko‘rsatma berdi
Venesuela poytaxti Karakas hokimi Xorxe Rodriges sobiq prezidenti Ugo Chavesning va milliy qahramon Simon Bolivarning portretlarini barcha ko‘chalar, ustunlar va devorlarga ilib chiqishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Noticias24 portaliga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
Ilgariroq tilga olingan shaxslarning qiyofalari parlament binosida joylashtirilishini taqiqlagan edi. Bunga javoban Xorxe Rodriges mana shunday aksiyani boshlab berdi.
“Chaves va Bolivar ismlari venesuelaliklar uchun muqaddasdir, hech kim bizlarni ulardan nafratlanishga majbur eta olmaydi”, - dedi u.