Jahon | 14:34 / 08.01.2016
4194
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Xitoyning KXDRga “o‘zgacha yondashuvi” muvaffaqiyatsizlikka uchraganini e'tirof etdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining fikriga ko‘ra, Xitoy KXDRga bosim o‘tkazuvchi asosiy kuch vazifasining uddasidan chiqa olmadi va Shimoliy Koreya atom bombasi muammosini hal qila olmadi.

“Xitoyning o‘zgacha yondashuvi bor edi, biz ularga bu yondashuvni amalga oshirish uchun maydon taqdim etishga rozi bo‘ldik. Bugun xitoyliklar bilan bo‘lgan suhbatda men ilgarigiday harakat qila olmasligimizni ularga ochiq-ravshan tushuntirdim”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

XXR TIVning xabariga ko‘ra, kecha tashqi ishlar vaziri Van I AQSh davlat kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda ikki tomon Shimoliy Koreya yadroviy muammosini, xususan, rasmiy Pxenyan yaqinda vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani bilan bog‘liq gap-so‘zlarni muhokama qildi.