Jahon | 08:30 / 08.01.2016
2989
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri yaqin orada Eron bilan yadroviy dasturning amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuv boshlanishini ma'lum qildi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Eron bilan yadroviy dasturning amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuv yaqin orada boshlanishini ma'lum qildi. U bu haqda matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Kerri bilan telefon orqali suhbatda Eron o‘z majburiyatlarini iloji boricha tezroq bajarishga tayyorligini aytdi.

“Aniq muddatlarni ayta olmayman, lekin dasturning amalga oshirilishi yaqinda boshlanishini ayta olaman” deb aytdi Kerri va bu “bir necha kundan keyinoq boshlanishi mumkinligini” qo‘shimcha qildi.

Kerri kelishuvlarning amalga oshirilishida anchagina ildamlash borligini, xususan, Eron o‘zining boyitilgan uranining katta qismini xorijga jo‘natganini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish