Sport | 14:55 / 08.01.2016
3832
1 daqiqa o‘qiladi

Klopp yanvarda «Liverpul»ga o‘zining sobiq shogirdlaridan birini olib kelmoqchi

«Liverpul» jamoasining bosh murabbiyi Yurgen Klopp ayni vaqtda «Bavariya» jamoasi sharafini himoya qilayotgan Mario Gyottseni Angliyaga olib kelmoqchi. Bu haqda Germaniyadagi Bild nashri yozgan.

Qayd etish kerakki, Klopp va Gyottse «Borussiya» jamoasida birga hamkorlik qilgandi. Bungacha, futbolchining o‘zi asosiy tarkibga kirishi qiyin bo‘layotganiga qaramasdan Myunxen jamoasida qolmoqchiligini aytmoqda edi.

Bild nashrida yozilishicha, «Bavariya» bu futbolchini 50 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishini bildirgan. Futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozigacha tuzilgan.

Ma'lumot uchun, Gyottse joriy mavsumda bundesliganing 7ta o‘yinida ishtirok etdi va bitta gol urib, 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.