Jamiyat | 19:34 / 08.01.2016
19946
1 daqiqa o‘qiladi

Kubada maymun ko‘rinishidagi cho‘chqacha tug‘ildi

Kubada Yangi yilning dastlabki kunlarida maymunbashara cho‘chqacha tug‘ilgan.

Cho‘chqaxonaning egasi Xiraldo Suares ko‘rinishi o‘zgacha bu mutant-jonivor haqida xabar topgan vaqtidayoq uni ko‘rsatish uchun shu zahoti odamlar oldiga olib chiqqan va odamlarga uni suratga tushirish uchun ruxsat bergan.

"Kubada bunga o‘xshash holatlar, xunuk cho‘chqachalarning dunyoga kelishi holatlari oldin ham kuzatilgan, bunday mutantlar qarindosh cho‘chqalardan tug‘iladi. Lekin ilk marta maymunyuzli cho‘chqachaning tug‘ilganini ko‘rib turibmiz", degan mahalliy veterinarlardan biri Rafael Agramonte Martines.

Ko‘zi ko‘r, burunsiz va juda xunuk ko‘rinishda tug‘ilgan bu cho‘chqacha bu kabi kamchiliklari bilan uzoq yashay olmagan va oradan to‘rt kun o‘tib, uning joni uzilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish