Jahon | 08:09 / 08.01.2016
2954
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada neft portida sodir etilgan portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Liviyadagi neft eksport qilinadigan Ras-Anuf portida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Mahalliy amaldorlardan birining aytishicha, portdagi o‘tkazish punktlaridan birida minalashtirilgan odam portlatilgan. Halok bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida qo‘riqchilar bilan birga oddiy fuqarolar ham bor.

Avvalroq Liviyadagi yana bir port – As-Sidrga IShID hujum qilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Bir-biriga yaqin joylashgan bu ikki port oxirgi kunlarda IShID jangarilarining nishoniga aylandi.

Shuningdek, 7 yanvar ertalabki payt Liviyaning shimolida 2011 yildan beri qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik terakt amalga oshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish