Jahon | 12:37 / 08.01.2016
13062
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: Bill Klinton 15 yil oldin Putinni maqtagan edi

1993 yildan 2001 yilgacha AQSh prezidenti bo‘lgan Bill Klinton 15 yil oldin, o‘z prezidentlik muddati yakunlanishi arafasida 2000 yilda Rossiya prezidentiga aylangan Vladimir Putinni maqtagan edi. Bu haqda New York Times nashri sobiq prezidentning 1997 yildan 2000 yilgacha amalga oshirilgan rasmiy telefon muloqotlarini o‘rganish natijasida ma'lum qildi.

Klinton bunday telefon muloqotlarida o‘sha kunlarda Iroq, Kosovo va Shimoliy Irlandiyada sodir bo‘layotgan voqealarga munosabatlarini bildirib o‘tgan. 532 sahifadan iborat ma'lumotlar bazasida shuningdek, Klinton Putinning Rossiyaga yangi rahbar sifatida kelishini mamnunlik bilan qabul qilganini bilish mumkin.

"Mening hisoblashim bo‘yicha, Putin katta potensialga ega. U aqlli va yaxshi fikrlaydi. O‘ylaymanki, biz u bilan birgalikda ko‘p yaxshi ishlarni amalga oshiramiz", degandi Klinton 15 yil oldin.

Boshqa bir joyda esa Klinton Putinni "oliyjanob ishlar amalga oshirishi mumkinligi" lekin u hozircha bu niyatlarini amalga oshirishga shoshilmayotganini qayd etgan.