O‘zbekiston | 12:05 / 08.01.2016
21284
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya O‘zbekiston bilan viza rejimini qayta tiklaydi

Joriy yilning iyunidan boshlab Turkiya jahonning 89 davlatiga nisbatan viza tartibini joriy qiladi. Bu davlat ichida O‘zbekiston ham bor, deb xabar beradi HaberIzmir nashri.Mazkur qaror Turkiya va YeI o‘rtasida imzolangan viza rejimini yengillashtirish va readmissiya haqidagi kelishuv doirasida qabul qilingan.

Vizaviy tartib qayta tiklanadigan davlat ro‘yxatida Ozarbayjon, O‘zbekiston, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina, Gruziya bor.Aytilishicha, mazkur qaror Turkiya turistik sohasi vakillarining jiddiy tashvishiga sabab bo‘lmoqda.

Otelerlar va investorlar uyushmasi rahbari Temur Bayindirning bayonotiga ko‘ra, YeI davlatlariga chiquvchi fuqarolar viza tashvishidan xalos bo‘lsa ham, Turkiyaning o‘ziga keluvchi sayyohlar oqimi keskin qisqarib ketadi.

“Umid qilamizki, TIV hamda madaniyat va turizm vazirligi turistik oqim qisqarishiga qarshi kerakli qadamlarni tashlaydi”, - dedi u.