Jahon | 11:34 / 08.01.2016
3961
1 daqiqa o‘qiladi

OTB Qozog‘istonga neft narxi tushishining oqibatlarini bartaraf etish uchun 1 mlrd dollar qarz beradi

Osiyo taraqqiyot banki Qozog‘istonga neft narxi tushishining oqibatlarini bartaraf etish uchun 1 mlrd dollar qarz beradi. Eksportining asosiy qismini neft tashkil qiluvchi ushbu davlat uglevodorodlar narxining tushib ketishidan jiddiy zarar ko‘rgan davlatlardan biri bo‘ldi.

OTB qarz kelishuvini o‘tgan yil avgustida tasdiqlagan edi, ammo Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hujjatni dekabr oyidagina ratifikatsiya qildi.Qarz 5 yil muddatga berilib, miqdori o‘zaro teng ikki transh shaklida Qozog‘istonga taqdim etiladi.