O‘zbekiston | 17:07 / 08.01.2016
9582
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik mutaxassislar rossiyalik hamkasblari bilan fototuzoqlar qo‘llash bo‘yicha tajriba almashishdi

Rossiya qo‘riqxonalari va milliy bog‘larida kamyob jonivorlar populyatsiyasini baholashda fotomonitoringdan foydalanish tajribasini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan tajriba almashdi. Bu haqda respublika davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Buxoro viloyatidagi “Jayron” ekomarkazida Yovvoyi jonivorlarni saqlab qolish jamiyatining (WCS) Rossiyada Amur yo‘lbarsi va Uzoq Sharq qoplonini saqlab qolish bo‘yicha bo‘yicha dasturi xodimlari fototuzoqlar qo‘llash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazishdi. Ekspertlar Rossiyada to‘plangan tajriba asosida O‘zbekiston qo‘riqxonalari va milliy bog‘lari xodimlariga fototuzoqlari bilan ishlash prinsiplari haqida ma'lumot berdi.

Fotomonitoring jonivorlar populyatsiyasini adadiga baho berishning metodlaridan biri bo‘lib, qish faslida qordagi izlar bo‘yicha baholash metodidan ko‘ra samaraliroq va zamonaviy uslub sifatida uning o‘rnini egallab bormoqda. 2013 yildan buyon WCS’ning Rossiya vakolatxonasi va Panthera fondi ko‘magida Hisor qo‘riqxonasi o‘rmonchilaridan iborat guruh O‘zbekistonda birinchi marta fototuzoqlar vositasida qo‘riqxonadagi yovvoyi jonivorlarning adadini ro‘yxatga olgan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 8ta qo‘riqxona, 2ta milliy tabiiy bog‘lar, 9ta davlat zakazniklari ishlamoqda, ularning umumiy maydoni 2.2 ming kv km ni tashkil qiladi. Shuningdek, yovvoyi jonivorlarni yetishtirish bo‘yicha “Jayron” xalqaro ekomarkazi ishlab turibdi. O‘zbekiston Qizil kitobiga 184 turdagi jonivor, shu jumladan, 48 turdagi qushlar va 25 turdagi sut emizuvchilar kiritilgan.