Sport | 17:57 / 08.01.2016
5162
1 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» Yegor Krimetsni «Beyjing Goan»ga 2 yilga ijaraga berib yubordi

O‘zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» klubi himoyachisi Yegor Krimets faoliyatini Xitoyda davom ettiradi. Bu haqda «Championat.asia» xabar bergan.

Futbolchi «Beyjing Goan»ga ikki yil muddatga ijaraga berildi. Krimets 2013 yilda aynan shu klubda ijara asosida faoliyat olib borgan edi.

Ma'lumot uchun, «Beyjing Goan» o‘tgan mavsumda Xitoy Superligasida 4-o‘rinni egallagandi. Klub safida argentinalik Pablo Battalya, braziliyalik Kleber kabi legionerlar ham to‘p suradi.