Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda “mobil qullik” bekor qilinishi bilan 2 ming abonent o‘z operatorlarini almashtirdi
Qozog‘istonda joriy etilgan telefon raqamini o‘zgartirmagan holda mobil operatorni o‘zgartirish imkoniyatidan qisqa muddatda ko‘plab odamlar foydalandi. Aloqa, axborotlashtirish va axborot vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, oxirgi 4 kun ichida 2 ming kishi operatorlarini o‘zgartirdi.
“Statistikaga ko‘ra, 5 yanvardan 8 yanvarga qadar mobil operatorni almashtirish xizmatidan 2 290 kishi foydalangan”, - deyiladi xabarnomada.
982 kishi Altel operatoriga ulanishni ma'qul ko‘rdi. Bu operator xizmatlaridan, o‘z navbatida, 126 abonent voz kechdi, oradagi farq 856 kishini tashkil qildi.
KCell’Dan 1218 kishi voz kechdi, unga ulanganlar soni esa 343 kishini tashkil qildi.
Nihoyat, “Bilayn”ni 407, “Tele2”ni 558 mijoz ma'qul ko‘rdi.