Jamiyat | 16:34 / 08.01.2016
12610
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik odam amakisini pichoqlab qo‘ydi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik odam amakisini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi, deb yozmoqda Rossiya internet matbuoti. Fojia “SPb Grupp” kompaniyasining qurilish maydonlaridan birida sodir bo‘ldi.

Kecha, 7 yanvar kuni, 22 yoshli o‘zbekistonlik mehnat muhojiri amakisi bilan aroq ichgan, so‘ng ularning o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Jahl ustida yosh yigit qo‘liga pichoq olib, qarindoshini bo‘g‘izlab tashlagan.

Politsiya xodimlari qotilni voqea joyida qo‘lga olishdi. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.