Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri: Saudiya Arabistoni Eron bilan urushni istamayapti
Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon al-Saud Ar-Riyod Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli ixtilofni boshlashni istamayotganini ma'lum qildi. U bu haqda The Economist jurnaliga bergan intervyusida aytdi.
“Bu umuman biz kutayotgan narsa emas va kimki ikki davlatni bunga olib borayotgan bo‘lsa, aqldan ozgan bo‘lsa kerak. Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi urush mintaqadagi ulkan fojianing boshlanishi bo‘ladi va butun dunyoga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Biz albatta bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb javob berdi al-Saud “Ikki davlat o‘rtasida urush bo‘lishi mumkinmi?” degan savolga javoban.
Saudiya Arabistonida shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishidan norozi bo‘lgan eronlik namoyishchilar 3 yanvarda Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga hujum qilishgan. Bu voqea ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashib ketishiga sabab bo‘lgan.