Jahon | 00:34 / 08.01.2016
5950
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyadagi yadroviy sinov “texnogen portlash” sifatida tasniflandi

Yadroviy sinovlarni har tomonlama taqiqlash haqidagi shartnoma tashkiloti ijrochi kotibi Lassino Zerbo tashkilot Shimoliy Koreyadagi vodorod bombasining sinovdan o‘tkazilishini “texnogen portlash” sifatida tasniflaganini ma'lum qildi.

“Biz bu portlash texnogen hodisa bo‘lgani qayd qilingan tahliliy byulleten chiqardik. Biz hozir bu haqiqatda texnogen portlash bo‘ldi, deb ayta olamiz”, deb aytdi Zerbo.

Ta'kidlanishicha, tashkilot 8 yanvar kechki payt Shimoliy Koreyadagi portlash yadroviy sinov bo‘lgan-bo‘lmagani haqida javob berishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish