Sport | 19:48 / 08.01.2016
5095
2 daqiqa o‘qiladi

Suares Ispaniya Kubogining 2 o‘yinidan diskvalifikatsiya qilindi

Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi “Barselona” klubining urugvaylik hujumchisi Luis Suaresni Ispaniya kubogi doirasida "Espanol" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi xatti-harakatlari uchun turnir doirasidagi 2 o‘yindan chetlashtirdi. Bu haqda kataloniyaliklar jamoasi rasmiy saytida ma'lum qilingan.

6 yanvar kuni o‘tkazilgan “Barselona” va “Espanol” uchrashuvidan keyin bellashuv hakami Xuan Martines Munuera qaydnomada Suaresning o‘yin vaqtida hamda o‘yindan keyin o‘zini nomaqbul tutgani haqida bildirib o‘tgandi.

Bundan oldinroq, futbolchi raqibga irqiy kamsituvchi so‘zlar ishlatgani gumonlanayotgani haqida xabar berilgandi.

Endilikda futbolchi kubok doirasida "Espanol"ga qarshi javob uchrashuvini hamda "Barselona"ning turnirdagi keyingi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Kataloniyaliklar birinchi o‘yinni 4:1 hisobida o‘z foydasiga hal qilishgandi.

Qayd etish kerakki, "Barselona" bu qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin.

Hakam: Suares "Espanol" o‘yinchilarini axlat deb atab, janjal keltirib chiqardi

Suares irqchilik ruhiyatidagi haqorat ishlatganlikda ayblanmoqda