Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Eron elchisini Eron OAVlarida Erdo‘g‘an haqida chop etilgan maqolalar tufayli chaqirtirdi
Turkiya hukumati Eron elchisini Eron OAVlarida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an haqida chop etilgan maqolalar tufayli chaqirtirdi, deb aytilmoqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda.
Ma'lum qilinishicha, Eron OAVlarida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Saudiya Arabistoniga tashrifi shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishi bilan bog‘langan.
Turkiya tashqi ishlar vazirligida bunday maqolalar qoralandi va Erdo‘g‘an haqida jamiyatda salbiy fikr uyg‘otish maqsadida qilingani aytilgan.
Avvalroq Erdo‘g‘an imomning qatl etilishini Ar-Riyodning “ichki ishi” deb atagandi.