Sport | 20:53 / 08.01.2016
8645
1 daqiqa o‘qiladi

UzReport TV «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatadi

UzReport TV 11 yanvar, dushanba kuni kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda yilning eng yaxshi futbolchisiga «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimini olib ko‘rsatadi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.

Tantanali taqdirlash marosimi Tsyurixda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi. Telekanal esa translyatsiyani 21.00 da — tadbir avvali, dunyo futboli yulduzlari qizil gilamdan yurib kelishidan boshlaydi.

«Oltin to‘p» FIFA va France Football nashrining birgalikdagi mukofoti bo‘lib, 2010 yildan, France Football «Oltin to‘p»i va FIFAning «Yil o‘yinchisi» mukofotlari birlashgandan beri shunday shaklda taqdim etib kelinmoqda. Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda bosh murabbiylar, terma jamoalar sardorlari va jurnalistlar ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish