Jahon | 14:31 / 08.01.2016
3236
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya BMT XK a'zolari bilan KXDR bo‘yicha rezolyutsiya yuzasidan hamkorlik qilmoqchi

Yaponiya TIV rahbari Fumio Kisida BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zoligiga kiruvchi mamlakatlar bilan KXDR bo‘yicha zudlik bilan rezolyutsiya qabul qilish yuzasidan yaqin hamkorlik olib borish kerakligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Juma, 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘zga chiqar ekan, yapon vaziri AQSh, Fransiya va Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishilganini ham ta'kidlab o‘tdi.
“BMT XK rezolyutsiyasini zudlik bilan qabul qilish uchun biz Xitoy bilan qat'iy sherikchilik qilishimiz kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Kisida.

“Biz rezolyutsiya qabul qilish uchun BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zosi bo‘lgan Britaniya bilan ham hamkorlik qilishni istar edik”, - dedi vazir Britaniya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Filip Xammondning Yaponiyaga qiladigan tashrifiga izoh berar ekan.
Yaponiya 2016 yilda BMT XKning doimiy bo‘lmagan a'zosi hisoblanadi.