Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri KXDRni yadro va raketa dasturidan voz kechishga chaqirdi
Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Shimoliy Koreyani mavjud yadro va raketa dasturlaridan to‘liq voz kechish hamda BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga rioya etishga chaqirdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Men (KXDRni) mavjud yadro va raketa dasturlaridan to‘liq voz kechish hamda BMT XK rezolyutsiyasiga kechiktirmasdan va to‘liq rioya etishga chaqiraman”, - deya Kiodo agentligi Abening yapon parlamenti yuqori palatasi yig‘ilishidagi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Bundan avvalroq esa Yaponiya parlamentining yuqori palatasi bir ovozdan 6 yanvar kuni o‘z tarixida birinchi marta vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgan KXDR harakatlari qoralangan rezolyutsiyani qabul qilgan edi.