Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan: Men «Real»da ekanman, Ronaldu hech qayoqqa ketmaydi
«Real»ning yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadagi muhit haqida gapira turib, hujumchi Krishtianu Ronaldu sotilmasligini ma'lum qildi.
Krishtianu Ronaldu haqida
U nafaqat sotilmaydi, balki u jamoaning yuragi va qalbidir. Men shu yerda ekanman, u hech qayoqqa ketmaydi.
Jamoa haqida
Jamoa e'tiborini bir joyga jamlab, shug‘ullanishda davom etmoqda. Hozircha uchta mashg‘ulot o‘tkazdik. Hozircha hammasi men uchun ham, ular uchun ham yaxshi kechmoqda. Tarkib borasida hech narsa deya olmayman. Hujumkor uchlik maydonga tushadi, qolganini ertaga ko‘ramiz.
Isko va Xames haqida
Ular juda yaxshi va muhim o‘yinchilar. Mening vazifam — ularni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va men uchun jamoa muhim ekanini ta'kidlashdan iborat. Albatta, kimdir boshqasiga nisbatan ko‘proq o‘ynaydi, ammo eng muhimi jamoa manfaati.
O‘zini tanqid qilgan Raymon Domenek haqida
Uning o‘z fikri bor. Bu normal holat. U haqida qanday fikrda ekanimni u biladi. Shu bois, Domenek haqida boshqa hech narsa demayman.
Yanvar oyidagi transferlar haqida
Jamoani kimdir tark etishini istamayman. Umid qilamanki, hech kim ketmaydi. Shuningdek, men yangi futbolchilarni sotib olmoqchi emasman. Safimizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Hozirgi futbolchilar bilan o‘ynashda davom etamiz.
Hujumkor futbolchilarning himoyadagi ishtiroklari haqida
To‘p bizda bo‘lmaganida, barchamiz birgalikda harakat qilamiz. Ikki-uch futbolchining himoyaviy harakatlarda ishtirok etmasligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.