Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:03 / 09.01.2016
3480
1 daqiqa o‘qiladi
Antoni Marsyal - «Manchester Yunayted»ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
Hujumchi Antoni Marsyal "Manchester Yunayted" jamoasi tarkibida eng yaxshi futbolchi deb tan olindi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Oyning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Marsyal 69% ovoz to‘plab, ishonchli tarzda Kris Smolling va Deyli Blindni ortda qoldirgan.
Fransiyalik futbolchi 2015 yilning so‘nggi oyida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan va “Volfsburg” (2:3) va “Norvich”ga (1:2) qarshi bahslarda golga mualliflik qilgan.
Manba: uff.uz