Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya kamerunlik talabani o‘ta mehnatchanligi tufayli vataniga qaytarib yubordi
Daniya hukumati Orxuss universiteti talabasi, kamerunlik Marius Yubini ortiq darajada mehnatkashligi bois o‘z yurtiga qaytarib yubordi, deb xabar beradi The Guardian nashri.
30 yoshli yigit bo‘sh vaqtida farroshlik qilardi. Ammo oxirgi bir necha oy mobaynida u bir hafta uchun belgilangan muddatdan 90 daqiqa ko‘proq ishlab kelayotgan edi. Daniya mehnat qonunchiligiga ko‘ra, chet ellik talabalar haftasiga 15 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas.
Yubi 7 yanvar kuni uyiga qaytib ketdi. Orxuss universiteti rahbariyati bu jazoning ortiq darajada qattiqqo‘l bo‘lganini, talaba o‘qish pulini vaqtida to‘lab kelganini ta'kidlab o‘tdi.
Yubi universitetning eng yaxshi talabalaridan biri bo‘lganligi e'tirof etilmoqda. Mamlakatdan chiqarib yuborilishidan oldin unga imtihon topshirishga ruxsat berilgan. Yubi bir kun ichida uchta nazorat ishi yozib, eng yaxshi natijani ko‘rsatgan.