Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 08:59 / 09.01.2016
7366
1 daqiqa o‘qiladi
Doktor Xaus rolini ijro etgan aktyor Xyu Lori yana shifokor rolini o‘ynaydi
“Doktor Xaus” serialida bosh rolni ijro etishi bilan tanilgan britaniyalik aktyor Xyu Lori yana shifokor rolini o‘ynaydi, deb yozmoqda The Guardian nashri.
Lori “Chance” (Imkoniyat) serialida sud neyropsixiatriyasi bo‘yicha mutaxassis rolini ijro etadi.
Ta'kidlanishicha, Lorining yangi qahramoni yon-atrofdagilar bilan munosabatlarda muammolarga ega bo‘lib, rafiqasi bilan ajrashgandan keyin tushkunlikni boshidan kechiradi va serial davomida o‘smir qizining muammolarini hal qiladi.