Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:49 / 09.01.2016
3796
1 daqiqa o‘qiladi
Guus Xiddink: shartnoma muddati tugashi bilan “Chelsi”dan ketaman
“Chelsi” jamoasining yangi bosh murabbiyi Guus Xiddink o‘zining jamoadagi faoliyati qancha davom etishi haqida aytib o‘tdi.
“Men ikkita sana belgilab oldim. 25 va 28 may kunlari, shundan so‘ng hammasi tugaydi, 29 mayda ketishim mumkin bo‘ladi”, - dedi u.
25 may kuni Angliya Kubogi, 29 may kuni esa Chempionlar Ligasi finallari bo‘lib o‘tadi.
“Men shundan so‘ng jamoadagi faoliyatimni tugatishim haqida aniq aytdim”, - qo‘shimcha qildi mutaxassis.